首頁 > 後端開發 > php教程 > Vue.js da(參考 va 反應式)farqi

Vue.js da(參考 va 反應式)farqi

Patricia Arquette
發布: 2024-10-17 06:07:02
原創
668 人瀏覽過

Vue.js-daref va reactive hook-larini tanlashda qaysi biri qulayroq ekanligini aniqlashda, ularning farqlarini va qanday holatlarda foydalanishni tushunish kerak . Har ikkala hook ham reaktiv ma'lumotlar yaratish uchun ishlatiladi, lekin ularning ishlash usuli va qo'llanilishi jichcha farq qiladi.

ref

Qulayliklari

  1. Oddiy qiymatlar uchun mos: ref asosan primitive turlar (string, number, boolean) uchun qulay. Masalan, count, message kabi oddiy qiymatlar uchun.

  2. DOM elementlariga murojaat qilish: ref DOM elementlarini saqlash va ularga murojaat qilish uchun ishlatiladi. Masalan,

    .

  3. Qiymatga kirish oson: ref bilan ishlashda, .value orqali qiymatga kirish va uni o'zgartirish mumkin.

Misol

import { ref } from 'vue';

const count = ref(0);
count.value++; // Qiymatni oshirish

登入後複製

reactive

Qulayliklari

  1. Murakkab ma'lumot tuzilmalari uchun mos: reactive object yoki array kabi murakkab tuzilmalarga ega bo'lgan ma'lumotlar uchun qulay. U butun ob'ekt yoki massivni reactive (reaktiv) qiladi.
  2. Objectlar bilan ishlash: reactive objectning barcha xususiyatlarini reaktiv qiladi, shuning uchun to'g'ridan-to'g'ri xususiyatlarga kirish va ularni o'zgartirish mumkin.

Misol

import { reactive } from 'vue';

const state = reactive({
  count: 0,
  name: 'Vue'
});
state.count++; // Qiymatni oshirish
state.name = 'Vue 3'; // Xususiyatni o'zgartirish
登入後複製

ref va reactive farqlari

  1. Qiymat turi:

    • ref oddiy qiymatlar uchun mos va .value orqali ularga kiriladi.
    • reactive complex holatga ega object yoki array uchun mos va to'g'ridan-to'g'ri xususiyatlarga kiriladi.
  2. Qo'llanilish holatlari:

    • ref primitive turlar (string, number, boolean) va DOM elementlari uchun ishlatiladi.
    • reactive object yoki array kabi murakkab tuzilmalar uchun ishlatiladi.
  3. Reaktivlik:

    • ref faqat bitta qiymatni reaktiv qiladi.
    • reactive butun bir object yoki array ni reaktiv qiladi, shu jumladan uning barcha xususiyatlarini.

Tanlash qachon qulay

  • Agar sizda oddiy qiymat bo'lsa yoki DOM elementiga murojaat qilish kerak bo'lsa, ref dan foydalaning.
  • Agar sizda ko'p xususiyatlarga ega bo'lgan object yoki array bo'lsa, reactive dan foydalaning.

Umumiy misol

Quyida ref va reactive ni birgalikda qo'llash misoli keltirilgan:

<template>
  <div>
    <p>Message: {{ message }}</p>
    <p>Todos:</p>
    <ul>
      <li v-for="todo in todos" :key="todo.id">{{ todo.text }}</li>
    </ul>
    <input v-model="newTodoText" placeholder="New todo" />
    <button @click="addTodo">Add Todo</button>
  </div>
</template>

<script setup>
import { ref, reactive } from 'vue';

const message = ref('Hello, Vue 3!');
const todos = reactive([
  { id: 1, text: 'Learn Vue 3' },
  { id: 2, text: 'Build something awesome' }
]);
const newTodoText = ref('');

function addTodo() {
  todos.push({ id: todos.length + 1, text: newTodoText.value });
  newTodoText.value = '';
}
</script>
登入後複製

Ushbu misol ref va reactive hook-larini qanday birgalikda ishlatish mumkinligini ko'rsatadi. Tanlov qaysi turdagi ma'lumotlar bilan ishlayotganingizga bog'liq bo'ladi.

Vue.js da ( ref va reactive) farqi

PS: Yuqridagi rasmda nega bunday demoqda , ?????????? , video darsda javob berib o'taman bu haiqda :)

Bizni tarmoqlarda kuzatishingiz mumkin va maqola foydali bo'lsa izoh va Vuechi do'stlaringizga ulashing. ?

以上是Vue.js da(參考 va 反應式)farqi的詳細內容。更多資訊請關注PHP中文網其他相關文章!

來源:dev.to
本網站聲明
本文內容由網友自願投稿,版權歸原作者所有。本站不承擔相應的法律責任。如發現涉嫌抄襲或侵權的內容,請聯絡admin@php.cn
作者最新文章
熱門教學
更多>
最新下載
更多>
網站特效
網站源碼
網站素材
前端模板